School news · Bizning faxrimiz

Al-Xorazmiy universiteti talabalari Antaliyada xalqaro olimpiada g‘oliblari safida — endi yo‘l Rimga!

07.05.2026 586

🎓 Al-Xorazmiy universiteti talabalari Antaliyada xalqaro olimpiada g‘oliblari safida — endi yo‘l Rimga!

Al-Xorazmiy universiteti talabalari Fibonacci International Entrepreneurship Olympiad xalqaro tadbirkorlik olimpiadasida ishtirok etish uchun Turkiyaning Antalya shahriga jo‘nab ketgan edi. Ular xalqaro bosqichda munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdilar.

Universitetimizdan saralangan ikki jamoa nufuzli olimpiadada quyidagi yo‘nalishlarda ishtirok etdi:

⏺ Green Tech Entrepreneurship Challenge
🥇 “Smart Dala” jamoasi — 1-o‘rin!

⏺ Soft Tech Entrepreneurship Challenge
🥈 “YAYRA” jamoasi — 2-o‘rin!

Ushbu yutuqlar natijasida har ikki jamoa ham 2026-yil noyabr oyida Rimda bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar!

Al-Xorazmiy universiteti — innovatsiya, tadbirkorlik va global imkoniyatlar sari!