School news · Tadbirlar

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabida “Xotira — muqaddas…

08.05.2026 754

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabida “Xotira — muqaddas, qadriyat — abadiy” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Vatan ravnaqi, tinchlik qadri, ajdodlar jasorati va fidoyiligi madh etilgan she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylariga bag‘ishlangan chiqishlar barchada chuqur taassurot qoldirdi.

Xotira bor ekan — millat barhayot, qadriyat barqarordir!