School news

9-May – Xotira va Qadrlash kuni

08.05.2026 804

🇺🇿 9-May – Xotira va Qadrlash kuni

Bu kun —bugungi tinch hayotimiz uchun jonini fido qilganlarni yod etish, va bugun oramizda bo‘lgan keksalarimizga chuqur hurmat ko‘rsatish kunidir.

Xotira — abadiy, qadr esa muqaddasdir.

Ushbu sana munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari ham Xiva shahrida joylashgan "Xotira va qadrlash" xiyoboniga tashrif buyurishdi.
Mazkur tashrif davomida o'quvchilar Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi yo'lida jon fido qilgan ajdodlarimizni chuqur ehtirom bilan yod etdilar, shuningdek o'quvchilar tamonidan milliy ruhni aks ettiruvchi, O'zbekiston Respublikasi bayrog'i tasvirlangan lentalar tayyorlanib, atrofdagilarga tarqatildi.

🎗Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash ulug‘ qadriyatdir. Mustaqilligimiz abadiy, tinchligimiz bardavom bo'lsin!

Telegram | Instagram | Facebook| You tube