Xiva shahridagi Prezident maktabi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 20-fevralda “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4199-sonli Qarori qabul qilindi. Bu qaror mamlakatimizda butunlay yangicha ruhdagi zamonaviy ta’lim muassasalarining tashkil etilishiga asos bo‘ldi. Xiva shahridagi Prezident maktabi ham anʼanaviy maktablardan farqli ravishda ixcham va bilim olish uchun qulay. 2019-yil 4-dekabrda foydalanishga topshirilgan bilim maskani viloyat yoshlari uchun ulkan sovgʻa boʻlgan edi. Maktab 168 oʻrinli boʻlib, 2 qavatli oʻquv binosi, 3 qavatli yotoqxona, xorijlik oʻqituvchilar uchun mehmonxona, sport zali, suzish havzasi, oshxona o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi. Sinf xonalar eng zamonaviy oʻquv qurollari bilan jihozlangan.